O‘zbekistonda ushbu haftada quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” 12–16-may kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.

Ayrim tog‘li hududlarda 12-13-may kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12 mayda havo harorati 32-35 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha bo‘ladi.

Ertadan boshlab issiq havo ko‘tarilishi kuchayadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda. Ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 37-40 darajagacha, ba’zi joylarda 41-42 darajagacha isiydi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.