Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinida havo hududidan foydalanishga vaqtinchalik cheklovlar tufayli xalqaro reyslarga tuzatishlar kiritilganini ma’lum qildi.

O‘zgarishlar Toshkentdan Dehli, Mumbay, Lahor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuketga va teskari yo‘nalishlarga ta’sir qiladi. Ba’zi hollarda yo‘l vaqti o‘rtacha 1,5 soatdan kam bo‘lmagan vaqtga uzayishi mumkin.

Toshkentdan Dehli, Mumbay, Lahorga parvozlar haqidagi ma’lumotlar parvozlar jadvali to‘liq yangilangandan so‘ng qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Qayd etilishicha, parvozlar bekor qilingan taqdirda, yo‘lovchilarga jarimalarsiz eng yaqin mavjud sanalarga qayta bron qilish yoki chipta narxini to‘liq qaytarish taklif etiladi.