O‘zbekiston hududiga 40 daraja issiq ob-havo kirib keladi. O‘zgidromet ogohlantirmoqda.

14 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15-16 mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha ko‘tariladi.

14-15-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 17-mayda ba’zi joylarda shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.