Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
“Biz Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyormiz. Va Yevropada barchamiz birgalikda uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlayotganimiz juda muhim”, — deb yozdi u Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon suhbati yakunida.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotda o‘t ochishni to‘xtatish haqida gapirar ekan, tinchlik muzokaralarini boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik kerakligini aytdi.
11-may kuni Putin Moskva 15 may kuni Istanbulda dastlabki shartlarsiz Kiyev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirdi. Zelenskiy o‘shanda Istanbulda Putinni “shaxsan” kutishini aytgandi. Shu bilan birga, Kiyev rasmiylari muzokaralar oldidan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda.