Afg‘oniston Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini qurish uchun O‘zbekistonga oq marmar ortilgan 16 ta yuk mashinasini sovg‘a qildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro savdo markazida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston bosh vaziri devoni rahbari Mullo Abdula Vose va Balx viloyati rahbari Muhammad Yusuf Vafo uchrashdi.

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, savdo, transport, gumanitar va madaniy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun Afg‘onistondan oq marmar ortilgan 16 ta yuk mashinasini qabul qilib oldi.

Yaqinda O‘zbekiston Afg‘onistonga yordam berdi va sara urug‘lar ko‘rinishida insonparvarlik yordamini yubordi.