O‘zbekistonda binolarning seysmik mustahkamligi oshiriladi, inshootlarni tekshirishga xalqaro mutaxassislar jalb qilinadi va bu sohada tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident yig‘ilishida aytildi.
Davlat rahbari keng ko‘lamli qurilishlar jarayonida yangi binolarning sifati va zilzilabardoshligiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev qurilish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda binolarni instrumental-texnik ko‘rikdan o‘tkazish amaliyotini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezident davlat loyiha institutlari tomonidan mamlakatimizning turli hududlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalarini ham muhokama qildi. Ular asosida seysmik xavfsizlik tizimini modernizatsiya qilish, shu jumladan xavf va tahdidlarni baholash me’yorlarini yangilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
U 1966 yilda Toshkentda sodir bo‘lgan fojiali zilzilani yodga olib, ana shunday ofatlar qurbonlari xotirasi va hamjihatlik kunini ta’sis etish tashabbusi bilan chiqdi. BMT Bosh Assambleyasi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va 29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi.
Binolarning xavfsizligi va tabiiy ofatlarga chidamliligi davlat qurilish siyosatining asosi bo‘lishi kerak. Bu borada ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish kerak, — deyiladi xabarda.