13-may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida bir erkak voyaga yetmagan qizlarga tegajog‘lik qilib, ularga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Bu haqda Nemolchi.uz loyihasi xabar bermoqda.
Qizlardan birining onasi 12 yoshli qizi dugonasi bilan ko‘chada yurganini aytdi. Shu payt ularning yonidan bir kishi bir necha marta o‘tib ketdi. O‘zini telefonda gaplashayotganga solib, ularga qarab-qarab qo‘yar, yaqinroq kelib, behayo narsalarni taklif qilardi. Shu bilan birga, u doim bir qo‘lini shim ichida ushlab turardi.
Qizlar unga hech qanday e’tibor bermayotganini ko‘rib, u ularga o‘girildi, shimini tushirdi va jinsiy a’zosini ko‘rsatdi. Qizlar qo‘rqib ketishdi va darhol qochib ketishdi. Voqeadan o‘sha kuniyoq xabar topdim, — dedi ayol.
Fuqaro mahalladagi umumiy guruhga xat yozib, sodir bo‘lgan voqea haqida ma’lumot berdi. Qo‘shnilardan birining aytishicha, xuddi shu odam qo‘shni uydagi bolalar maydonchasida o‘ynayotgan maktabgacha yoshdagi boshqa qizlarga jinsiy a’zolarini ko‘rsatgan. Qiz unga baqira boshladi, shundan so‘ng u qochib ketdi. Ayol uchastkavoyga ariza bilan murojaat qilgan, hozirda erkakning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.