14 may kuni Toshkentning Sergeli tumani Nilufar ko‘chasidagi ombor yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 11:05 da yetib borgan, yong‘inni o‘chirishga jami 12 ta ekipaj jalb etilgan. Yong‘in soat 12:15 da qurshab olingan va 13:31 da to‘liq bartaraf etilgan.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayev va birinchi o‘rinbosari Sanjar Zuparov bo‘lib turibdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.