Ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar maktablarda bolalarning telefonlari tekshirilayotganidan shikoyat qila boshladi. MMTV holatga izoh berdi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, poytaxtdagi umumta’lim maktablarida o‘quv yili davomida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda haftada bir marta “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar doirasida “o‘quvchilarni yot g‘oyalar va salbiy ta’sirlardan himoya qilish” maqsadida maktab ota-onalar kengashi vakili, ichki ishlar xodimi va o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning mobil aloqa vositalari ham tekshiriladi.