Donald Tramp Fors ko‘rfazi nomini Arab ko‘rfazi deb o‘zgartirish fikridan qaytdi, deb xabar bermoqda CNN.
Bunga Eronning bu g‘oyaga qarshi chiqishi sabab bo‘ldi.
Xorijiy OAV Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida AQSH Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb atashini aytishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.
Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari anchadan beri ko‘rfazni Arab ko‘rfazi deb atashni talab qilib keladi. Pentagon ham o‘z hujjatlarida va xaritalarida ko‘rfazni Arab ko‘rfazi deb ataydi. Trampning o‘zi 2017 yilda aynan shu nomdan foydalangan, shundan so‘ng Eronning o‘sha paytdagi prezidenti Hasan Ruhoniy unga “geografiyani o‘rganish”ni maslahat bergan.