Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha mudirlarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi. Bu haqda prezident ma’lum qildi.

Mamlakatda o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va tillarni bilish bo‘yicha 10 dan ortiq qo‘shimcha kurslar joriy etildi. Ulardan unumli foydalana olgan 60 ming nafar o‘qituvchiga 8-12 million so‘mdan oylik berilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, bog‘cha tarbiyachilarining maoshlari sezilarli darajada oshdi. Xususan, ular 65 foizga oshib, maktab o‘qituvchilarining ish haqiga tenglashdi. Shu bilan birga, davlat rahbari yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha direktorlarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshirilishini ta’kidladi.