O‘zbekistonda 2025-yilning aprel oyi iqlimiy qiymatlardan ancha iliq bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Oyning birinchi yarmidagi o‘rtacha harorat me’yordan o‘rtacha 4-7 darajaga yuqori bo‘ldi. Maksimal havo harorati asosan 23-28 daraja, eng issiq kunlarda 30-32 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 34-36 daraja atrofida bo‘ldi.
Eng iliq davrda (26-27-aprelda shimolda, 27-28-aprelda respublikaning qolgan hududlarida) kunduz kunlari havo 35-37 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 38-39 darajagacha isidi.
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida ushbu kunlarda maksimal harorat meteorologik kuzatuvlar boshlanganidan buyon barcha yillar uchun aprel oyidagi rekord qiymatlarga yaqin bo‘ldi.
Farg‘ona vodiysidan tashqari, mamlakatning katta qismida 2025-yil aprel oyi eng issiq aprel oyi uchligiga kirdi.
Shu bilan birga, aprel oyi juda quruq edi. Yomg‘irlar birinchi va ikkinchi o‘n kunlikning alohida kunlarida kuzatildi, asosan yog‘ingarchilik kam va o‘rtacha intensivlikda bo‘ldi.