Strategik islohotlar agentligi pensiya islohoti bo‘yicha tarqalayotgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya tizimi xususiy sektorga o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Pensiya tizimiga xususiy sektorni jalb qilish taklifi davlat pensiya jamg‘armasini bekor qilishni nazarda tutmaydi.

Gap xalqaro ekspertlar tomonidan pensiya tizimini isloh qilishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini muhokama qilish chog‘ida bildirilgan tavsiyalardan biri haqida bormoqda, xolos. Ayni paytda barcha takliflar Strategik islohotlar agentligi va boshqa mas’ul tuzilmalar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, pensiya tizimidagi har qanday o‘zgarishlarni ishlab chiqishda xalqaro tajriba keng tahlil qilinadi, O‘zbekiston fuqarolarining fikrlari va manfaatlari albatta inobatga olinadi. Barcha takliflar faqat aholining ijtimoiy himoyasini yaxshilashga qaratiladi.