1-iyundan boshlab O‘zbekistonda yo‘l chizig‘iga urib yuborish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari yordamida qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi, istisno tariqasida 5.33 yo‘l belgisi — to‘xtash chizig‘i. Bu haqda hukumat qarorida aytilgan.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, yo‘l harakatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, haydovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynayotgan muammoli masalalarni hal etish maqsadida hukumat qarori qabul qilindi.

Ya’ni haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi, — deyiladi xabarda.

1-iyundan boshlab shahar ko‘chalarida soat 07:00 dan 21:00 gacha yo‘llarni ta’mirlash yoki chiziqlar chizish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi (dam olish kunlari, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar bundan mustasno).

Yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari bundan buyon kunduzi emas, faqat kechasi — yo‘llarda harakat eng kam bo‘ladigan soatlarda amalga oshiriladi.

Ushbu yangilik fuqarolarning kundalik ish joyiga, maktabga yoki tibbiyot muassasasiga borishini osonlashtiribgina qolmay, ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelishining samarali oldini olish imkonini beradi.

2025-yil 1-sentyabrdan harakat tezligini nazorat qiluvchi har qanday statsionar yoki mobil radarlar o‘rnatilgan joylarda, shuningdek, ular o‘rnatilgan joydan kamida 250 metr va ko‘pi bilan 500 metr masofada «Radar» yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo‘ladi.