“O‘zgidromet” sinoptiklari kutilayotgan yomg‘irlar tufayli tog‘li hududlarda sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda O‘zgidromet direktori bayonotida aytiladi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, 17–19-may kunlari yog‘ingarchilik bo‘ladi. Quyidagi hududlarda sel kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari bo‘yicha;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari bo‘yicha;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlari bo‘yicha;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi. Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.