16-may kuni Toshkentning Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarining bir nechta joylarida elektr ta’minoti uzildi. Elektr tarmoqlaridagi uzilishlar kechgacha davom etishini ma’lum qilishdi.
Rejali ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli elektr ta’minoti soat 17:00 gacha to‘xtatilgan. Quyidagi manzillarda chiroq mavjud emas:
- Yakkasaroy tumani: “Belariq” mahallasida;
- Uchtepa tumani: “Chamanzor” mahallasida.
Iste’molchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr so‘raldi.