Dunyoning turli mamlakatlarida kriptovalyuta egalariga hujum qilish holatlari ko‘payib bormoqda. Bu haqda The Wall Streyet Journal nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ham investorlar, ham kripto-kompaniyalar rahbarlari va ularning oila a’zolari qurbon bo‘lmoqda. Fransiyada niqob taqqan noma’lum shaxslar Paymium kriptobirjasi rahbarining qizini o‘g‘irlashga urinib, uni va farzandini qurol bilan qo‘rqitdi. Ayolning turmush o‘rtog‘i va qo‘shnilarining aralashuvi bilan hujumning oldi olingan.

WSJ’ning yozishicha, bunday jinoyatlar tobora ko‘payib bormoqda. Shunday qilib, jinoyatchilar shifrlangan messenjerlardan foydalanadilar va oldindan rejalashtirilgan sxemalar bo‘yicha harakat qiladi.

Jabrlanganlar orasida AQSH, Fransiya va Avstraliyadan kelgan blogerlar va investorlar bor. Ba’zi qurbonlar o‘g‘irlab ketilgan, kaltaklangan va qiynoqqa solingan. Ledger kompaniyasining sobiq rahbari Devid Ballanning barmog‘i kesilib, 10 mln yevro tovon puli talab qilingan.

Mutaxassislar bunday jinoyatlarning ko‘payishini raqamli valyutalarning qimmatlashishi va kripto-kompaniyalar bazalaridan shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishi bilan bog‘lamoqda.