O‘zbekistonda 2030 yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2030-yilda hokimiyat maqsadli ko‘rsatkichlarga erishmoqchi. Ular orasida:

  • 3,3 mln nafar maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish;
  • umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlarining 4,2 mln nafar o‘quvchilari o‘rtasida ekologik ta’limni kuchaytirish va ekologik madaniyatni tarbiyalash.

Konsepsiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan har ikki yilda tasdiqlanadigan alohida “yo‘l xaritasi” asosida 2027 yildan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat organlari xodimlarining ekologik bilimlarini oshirish bo‘yicha bepul kurslar ochiladi. Ekologiya vazirligi ushbu sohadagi muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi.