30-iyundan boshlab Rossiya chet el fuqarolarining kirishi uchun raqamli kodni joriy qilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xabar berdi.
Rossiyaga vizasiz rejimda keladigan xorijliklar “Госуслуги RuID” ilovasi orqali oldindan raqamli ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Ariza topshirilgandan so‘ng, Rossiya Federatsiyasiga kirishdan kamida 72 soat oldin chegarani kesib o‘tishda ko‘rsatiladigan QR-kodni olish kerak bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun ilovada shaxsiy kabinet yaratish, fotosuratlar va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash, shuningdek, bo‘lishning taxminiy sanalarini ko‘rsatish kerak. Favqulodda holatlarda (kasallik, qarindoshining o‘limi) ariza kelishdan kamida to‘rt soat oldin berilishi mumkin.
Belarus fuqarolari, olti yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, RVP/VNJ vizasi bilan kelayotganlar uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. Olti yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ariza ota-onalar yoki qonuniy vasiylar tomonidan beriladi — agar ularda kirish uchun amaldagi ruxsatnoma bo‘lsa.