Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rasmiy shaxslari va rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tadbirlarida ham ishtirok etadi.