1-iyundan O‘zbekiston Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy etadi. Bu haqda Adliya vazirligi bayonotida aytiladi.

Prezident farmoni bilan yil yakuniga qadar turistlar sonini 15,8 mln nafarga, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. 2025-yilda ichki sayyohlar sonini 40 millionga yetkazish rejalashtirilgan.

Buning uchun 378 ta yangi turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Har yili noyabr oyida Xalqaro turizm haftaligi o‘tkazilishi boshlanadi. Iyun oyidan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida har oyning ikkinchi haftasi shanba va yakshanba kunlari oila va jamoa bilan sayohat kunlari bo‘ladi.