Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSHga kirishda viza talablarini yengillashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda tegishli farmonda aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga uch oy muddatda:
- AQSH fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda 30 kun muddatga vizasiz rejimni joriy etish to‘g‘risida muzokaralar olib boradi;
- O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSHga kirishda viza talablarini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.
Shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Rossiya fuqarolari uchun ichki hujjat yoki ID-karta, shu jumladan, kinder passport asosida 30 kungacha O‘zbekiston hududiga kirish rejimini joriy etish topshirildi.
Bundan tashqari, Misr, Hindiston, Eron va Pokistondan kelgan sayyohlarga viza berishni soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.