Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolari O‘zbekistonga xorijga chiqish pasportisiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.
O‘zbekiston Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolarini 30 kungacha bo‘lgan muddatga ichki hujjat yoki ID-karta bo‘yicha, bolalarni esa — kinder-pasport bo‘yicha mamlakatga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda uchta davlat bilan muzokaralarni boshlashi kerak. O‘zbekiston bilan 2023-yilda ID-kartalar orqali chegarani kesib o‘tish tartibini yo‘lga qo‘ygan birinchi davlat Qirg‘iziston bo‘ldi.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Malayziya va Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari blogerlari va jurnalistlari uchun respublikaga sayyohlik yo‘nalishlarini ommalashtirish maqsadida yiliga ikki marta O‘zbekiston bo‘ylab bepul mediaturlar tashkil etiladi.