21-may kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarida elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi. Bu haqda HET filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi.
Shu munosabat bilan quyidagilar chiroqsiz qoldiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani, soat 11:00 dan 17:00 gacha: “Ulug‘bek shaharchasi” va “Bo‘z” mahallalari;
- Mirobod tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Birodarlik” mahallasi.