“O‘zgidromet” sinoptiklari dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini taqdim etdi.

23-may kuni O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi.

Ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik pasayishi mumkin. Havo harorati 28-31 daraja, janubda 35-38 darajagacha bo‘ladi. Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat biroz ko‘tariladi. Kunduzi 31-34 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda juma kuni kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 28-30 daraja issiq bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 31-34 daraja bo‘ladi.