Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari bitiruv to‘lovini to‘lash uchun Damas egasining pulini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jinoyat Angren shahrining “Nurchi” mahallasida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar Damas avtomobilidan 11 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlikni 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar o‘smir sodir etgan, ular pulni bitiruv kechasiga sarflash uchun o‘g‘irlaganliklarini aytishgan.
O‘smirlar uning yonida turgan “Jiguli”ni ham payqab, ochib ko‘rishgan, biroq u yerda pul bo‘lmagan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.