Xorazm viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflari o‘zgartirildi. Bu haqda xalq deputatlari kengashi qarorida aytiladi.
Yangi tariflar 2025-yil 5-iyundan kuchga kiradi. Aholi uchun ichimlik suvi narxi QQSsiz 1 kub metr uchun 4 500 so‘mni tashkil etadi. Bunda byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 1 kub metr uchun 10 400 so‘mni tashkil etadi.
Kanalizatsiya xizmatlari narxlari ham o‘zgardi. Xususan, endi iste’molchilar 1 kub metr uchun QQSsiz 1 850 so‘m to‘laydilar. Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lov 1 kub metr uchun 3 800 so‘mni tashkil etadi.