AQSH vitse-prezidenti Jyey Di Vensning aytishicha, AQShning jahon maydonidagi so‘zsiz ustunligi davri o‘tmishda qoldi. Amerikalik amaldorning so‘zlarini RBK keltiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi prezident ma’muriyatining ustuvor vazifasi AQSH qurolli kuchlari va “butun dunyodagi dushmanlar” o‘rtasidagi texnologik tafovutni nafaqat saqlab qolish, balki kengaytirishdan iborat.
Sovuq urushdan keyin AQSH quruqlikda, dengizda, kosmosda va kibermakonda deyarli to‘liq hukmronlikka ega edi.
“Biroq Amerikaning so‘zsiz hukmronligi davri tugadi. Bugungi kunda biz radiochastota spektridan tortib past Yer orbitasigacha, ta’minot zanjirlari va hatto kommunikatsiya infratuzilmamizgacha bo‘lgan barcha sohalarda bizdan ustun kelishga qat’iy qaror qilgan Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar timsolida jiddiy tahdidlarga duch kelmoqdamiz”, — dedi u.
Vensning ta’kidlashicha, SSSR parchalanganidan keyin AQSH siyosatining “ijodkorlari” AQShning jahon maydonidagi ustunligi kafolatlanganligidan kelib chiqqanlar.
“Qisqa vaqt ichida biz hech qanday kuchga ega bo‘lmagan super kuchga aylandik. Va biz Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan raqobatlashadigan boshqa millatning o‘sishi mumkinligiga ishonmadik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Vitse-prezidentning fikricha, shu sababli Vashington “qattiq kuchni yumshoq kuchga almashtirgan”.