Madridning “Real” klubi Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy bayonot berdi.
43 yoshli mutaxassis “qaymoqranglilar” bilan 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Alonso 1-iyundan ish boshlaydi. Ispaniyalik futbolchi 2022-yil oktyabr oyidan beri Germaniyaning “Bayer” klubini boshqargan va klub bilan Bundesliga (birorta ham mag‘lubiyasiz) va Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan.
2009-2014-yillarda Xabi “Real”da futbolchi sifatida o‘ynagan va klub bilan oltita sovrin, jumladan La Liga va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan.