26-may kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo salqin bo‘ladi, shamol esadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet prognozida aytiladi.

Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-35°, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 15-20° bo‘ladi. 25-27 may kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi — yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-32 darajada atrofida.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20°.