O‘zbekistonda savdo markazlari ochiladi, ularning assortimenti faqat milliy brendlardan iborat bo‘ladi. Bu haqda prezident kichik sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.
Hozir yurtimizda tayyor kiyim-kechak, charm-poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ziyod korxona bor, lekin milliy brendlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yo‘q.
Milliy brend tovarlari sotiladigan savdo markazlari Mall of Uzbekiston deb nomlanadi. U yerdagi do‘konlar minimal narxda ijaraga beriladi. To‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalari uchun 2% foyda solig‘i va 1% ijtimoiy soliq, bu yerda ishchilarning 15% kam ta’minlangan oilalardan chiqqan.
Endi to‘qimachilik va charm sanoati korxonalariga ehtiyojmand aholini ishga qabul qilishning 15 foizlik chegarasi 2 baravarga pasaytiriladi. Bundan buyon nogironligi bo‘lgan ishchilar imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand fuqarolar bilan bir qatorda hisobga olinadi.