AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Putindan norozi bo‘lib, Ukraina shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirgani uchun Rossiya rahbarini tanqid ostiga oldi. Bu haqda u CNN telekanali efirida ma’lum qildi.
Oq uy rahbari, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
“Men Putin qilayotgan ishlardan noroziman. U juda ko‘p odamlarni o‘ldiradi va men, jin ursin, Putinga nima bo‘lganini bilmayman. Men uni anchadan beri bilaman, u bilan doim chiqishib kelganman, biroq u shaharlarga raketalar yuborib, odamlarni o‘ldiradi va bu menga umuman yoqmaydi”, — deb aytgan Tramp.
Shundan so‘ng Tramp o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida Putinni tanqid qilib, yana bir post joyladi.
“Men har doim Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin unga nimadir bo‘lgan. U butunlay aqldan ozibdi! U bekorga ko‘p odamlarni o‘ldiryapti, men faqat soldatlar haqida gapirayotganim yo‘q. Raketalar va dronlar hech qanday sababsiz Ukraina shaharlarini o‘qqa tutmoqda”, — deb yozdi u.
Tramp, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham tanqid qilib, u o‘z so‘zlari bilan “muammolar yaratayotganini” aytdi.