O‘zgidromet sinoptiklari O‘zbekiston aholisini ob-havo yomonlashishi haqida zudlik bilan ogohlantirdi.
28-maydan 2-iyungacha kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Xususan, quyidagi hududlarda xavf e’lon qilindi:
- Qashqadaryo viloyatining: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyatining: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyatining: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyatining: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri bo‘yicha.
Bundan tashqari, tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan ham ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan. Mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.