Qurbon hayiti 2025-yilda 6-iyunga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Musulmonlar idorasi huzuridagi Fatvo markazi xabarida aytiladi.

Zulhijja oyining birinchi kuni 28-mayga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun kuni bo‘lishi kutilmoqda.

Shunday qilib, islom qonunlariga ko‘ra, Zulhijja oyining o‘ninchi kuni Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.