Telegram messenjeri Ilon Maskning xAI kompaniyasi bilan Grok AI xizmatini ilovaga integratsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
Ikki kompaniya 1 yillik hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar, uning doirasida Telegram naqd va xAI ulushi shaklida 300 million dollar, shuningdek, Telegram orqali xAI obunalarini sotishdan tushgan daromadning 50 foizini oladi.
“Birgalikda g‘alaba qozonamiz!” — deb yozdi Durov.
Telegram bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan TON tokeni rasmiy e’lon qilinishidan ikki soat oldin keskin o‘sish boshlanganidan so‘ng so‘nggi 24 soat ichida 18,5 foizga oshdi.