28-may kuni Toshkentning Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. “Hududgaz Poytaxt” o‘chirish manzillarini ma’lum qildi.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu sababli quyidagilar gazsiz qoldirildi:

  • Sergeli tumani: 10:00 dan 17:00 gacha: “Nomdanak”, “Izzatli” va “Keng makon” mahallalaridagi 329 ta xonadon va 11 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: 10:00 dan 18:00 gacha: “Darxon” mahallasidagi 12 ta ulgurji iste’molchi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Gaz ta’minoti korxonasi keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.