AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning xatti-harakatlarini yana bir bor tanqid qildi.
Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Putin “olov bilan o‘ynashayotganini” aytdi.
Vladimir Putin tushunmayotgan narsa shuki, agar men bo‘lmaganimda, Rossiya bilan allaqachon juda yomon narsalar sodir bo‘lgan bo‘lardi — men juda yomon narsalarni nazarda tutyapman. U olov bilan o‘ynashmoqda! — deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Tramp allaqachon Putindan noroziligini bildirib, Ukraina shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirgani uchun Rossiya rahbarini tanqid ostiga olgan edi.
Men har doim Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin unga nimadir bo‘lgan. U butunlay aqldan ozibdi! U bekorga ko‘p odamlarni o‘ldiryapti, men faqat soldatlar haqida gapirayotganim yo‘q. Raketalar va dronlar hech qanday sababsiz Ukraina shaharlarini o‘qqa tutmoqda, — deb yozdi u.