Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidagi maxsus davlat xodimi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Biznesmenning qo‘shimcha qilishicha, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) missiyasi “faqat mustahkamlanadi”. Oq uyning ismi oshkor etilmagan rasmiysi Associated Press’ga milliarderning davlat xizmatidan ketganini tasdiqladi.

Bu qaror AQSH prezidenti “katta ajoyib qonun loyihasi” deb atagan Trampning asosiy qonun loyihasini tanqid qilganidan bir kun o‘tib qabul qilindi.

CBS telekanaliga bergan intervyusida Ilon Mask tashabbusni byudjet taqchilligini oshiradigan va DOGE`ning “ishlashiga putur yetkazadigan” “katta xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi” deb atadi.