30, 31-may va 1-iyun kunlari O‘zbekistonda “qizil” magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu haqda Meteoagent prognozida aytiladi.
Geomagnit buzilishlarning maksimal kuchi 30 may kuni 6 ballni tashkil etadi. Geozarbalarning eng yuqori cho‘qqisi soat 08:00 va 14:00 ga to‘g‘ri keladi, kechga yaqin Quyoshning g‘alayonlari zaiflashadi.
Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.