31-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat 27-32° atrofida bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30°.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° atrofida bo‘ladi.