31-may kuni Misrdan O‘zbekistonga 2025-yilda gepatit “S”ga qarshi dorilarning birinchi partiyasi olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati umumiy qiymati 114 829 dollar bo‘lgan 31 o‘ramdagi 7440 dona «S» gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasini beg‘araz topshirishga kelishib oldi.
O‘zbekistonda gepatit “S”ni bartaraf etish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy dasturni amalga oshirish doirasida preparatlar Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida davolanayotgan bemorlarga tarqatiladi.
O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024 yillar “S”ga qarshi kurashish uchun umumiy og‘irligi 12,4 tonna bo‘lgan 27 partiya “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini taqdim etgan. Ushbu preparatlarning umumiy qiymati 1,4 mln dollarni tashkil etadi.