AQSH migratsiya idoralari immigratsiya siyosati va chegara nazorati choralari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.

AQSH xorijiy davlatlar hukumatlarini AQShda hibsga olinishi, deportatsiya qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishining oldini olish uchun siyosat qoidalarini o‘z fuqarolariga yetkazishga chaqirdi. Siyosatga muvofiq, AQSH immigratsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • chegarani noqonuniy kesib o‘tganlik va noqonuniy bo‘lganlik uchun ta’qib qilish;
  • AQSH hududida jinoyat sodir etgan chet el fuqarolarini ta’qib qilish.

AQSH Qurolli kuchlari Ichki xavfsizlik vazirligiga janubiy chegara ustidan to‘liq nazoratni ta’minlashda yordam beradi. Shuningdek, armiya yurisdiksiyasi ostida maxsus zonalar tashkil etilgan.

U yerga noqonuniy kirishga urinish qonunda belgilangan tartibda ta’qib qilinadi. Qo‘shma Shtatlarga qonuniy ravishda kirgan, ammo yashash muddatini yoki qonunlarni buzgan shaxslar hibsga olinishi, jarimaga tortilishi, vizadan mahrum qilinishi va deportatsiya qilinishi mumkin. AQShga kirishga umrbod taqiq qo‘yilishi ham mumkin.

Migratsiya qoidalarini buzganlar uchun Ixtiyoriy ketish dasturi amal qiladi. Shunday qilib, noqonuniy muhojirlar zudlik bilan AQShni tark etishlari kerak. Shuningdek, CBP Home App ilovasi orqali ixtiyoriy ketishni moliyaviy rag‘batlantirish dasturi mavjud. Shu bilan birga, AQSH qonuniy sayohatchilarni qabul qilishda davom etadi.