Ijtimoiy tarmoqlarda BAA ayeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarini tekshirish cho‘zilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi ishlar vazirligi holatga izoh berdi.

O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi BAAning tegishli tuzilmalari bilan mamlakat hududiga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasida muzokaralar o‘tkazdi.

BAA tomoniga ko‘ra, mamlakatda turli xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, bu esa ayeroportlarda tekshiruv muddatlari uzaytirilishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda fuqarolarning tezkor tekshiruvlardan o‘tishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilib, ular mamlakat hududiga kirib kelishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi. Yirik blogerlar 5 ming muxlisni BAAga mamlakat fan-klubi bilan birgalikda borishga chaqirmoqda, biroq reglamentga ko‘ra, mehmonlar uchun stadionda bor-yo‘g‘i 960 o‘rin mavjud.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Turizm boshqarmasi turistik firma va kompaniyalarni BAAga sayyohlarni yuborishdan tiyilishga chaqirdi, bu esa muxlislar sonining chegaradan oshib ketishi va BAA rasmiylari tomonidan mamlakatga kirishni rad etish xavfi bilan bog‘liq ehtimoliy hodisalarning oldini olishga yordam berad.