Ijtimoiy tarmoqlarda Sharqiy yarimsharning seysmik jihatdan xavfli hududlaridan birida magnit bo‘roni tufayli kuchli zilzila sodir bo‘lishi haqida ma’lumotlar tarqala boshladi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu xabarlarni rad etdi.
Qayd etilishicha, seysmik faollik magnit bo‘roni bilan bog‘liq hodisa emas. Zilzilaning aniq vaqti va joyini bashorat qilishning iloji yo‘q. Fuqarolardan asossiz ma’lumotlarga ishonmaslik va vahimaga berilmaslik so‘ralgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida kuchli zilzilalardan dalolat beruvchi anomal o‘zgarishlar aniqlanmagan.