Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri O‘zbekistondagi “ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan” maktablar ro‘yxatini tasdiqladi.
Ushbu ro‘yxatga 460 ta umumta’lim muassasasi kiritilgan bo‘lib, bunday maktablarning eng ko‘pi Qashqadaryo viloyatida — 99 ta.
Hududlar bo‘yicha ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni:
- Qashqadaryo viloyati – 99 ta;
- Samarqand viloyati – 86 ta;
- Surxondaryo viloyati – 70 ta;
- Jizzax viloyati – 36 ta;
- Namangan viloyati – 34 ta;
- Sirdaryo viloyati – 32 ta;
- Farg‘ona viloyati – 29 ta;
- Qoraqalpog‘iston – 24 ta;
- Andijon viloyati – 23 ta;
- Navoiy viloyati – 16 ta;
- Xorazm viloyati – 9 ta;
- Buxoro viloyati – 5 ta.
“Xalq ta’limi info” portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda bunday maktablar 642 ta, 2024-yilda esa 545 ta bo‘lgan. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 75 taga kamaydi. Ushbu maktablarda ishlash uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga ustamalar to‘lanadi.