6-iyun, juma kuni O‘zbekistonda Qurbon hayiti nishonlanadi, uning sharafiga mamlakatning barcha masjidlarida namoz o‘qiladi. Musulmonlar idorasi hayit namozi vaqtini e’lon qildi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, namoz quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:
- Andijon viloyati – 05:00;
- Namangan viloyati – 05:00;
- Farg‘ona viloyati – 05:00;
- Toshkent – 05:10;
- Toshkent viloyati – 05:10;
- Sirdaryo viloyati – 05:20;
- Jizzax viloyati – 05:20;
- Samarqand viloyati – 05:20;
- Surxondaryo viloyati – 05:25;
- Qashqadaryo viloyati – 05:25;
- Navoiy viloyati – 05:30;
- Buxoro viloyati – 05:30;
- Xorazm viloyati – 05:45;
- Qoraqalpog‘iston – 05:50.