2-iyun kuni Toshkentning Sergeli tumani aholisida gaz qisman bo‘lmaydi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • “Yuqori Darxon” va “Jonariq” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 378 ta xonadon, ulgurji xaridorlar: 11.

Gaz ta’minoti rejalashtirilgan vaqtdan oldin qayta tiklanishi mumkin.