O‘zbekistonda “Yashil makon” aksiyasi doirasida daraxt ekish yanada shaffoflikni ta’minlaydi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab daraxt va buta ko‘chatlarining ildiz olishi, tutib ketishi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:
- urug‘chilik laboratoriyalarida hududlarning iqlim sharoitlariga mos o‘simlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil etish;
- davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetkazib beriladigan ko‘chatlar hajmini ikki baravar ko‘paytirish.
Hukumat 1-oktyabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni ta’minlash va raqamlashtirishga qaratilgan mexanizmlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Ko‘zda tutilgan:
- aholi tashabbusi bilan daraxtlar ekilishi mumkin bo‘lgan aniq hudud, suv ta’minoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyatlari va daraxt turlarini ko‘rsatish;
- davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini noqonuniy kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya tarzida ekilgan daraxtlar va butalarni hisobga olish tizimini joriy etish.
1-noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer uchastkalari alohida muhofaza qilinadi, ularning toifasini o‘zgartirish prezident qarorlari asosida amalga oshiriladi.