O‘zbekistonda 1-avgustdan BHM 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshadi, shu munosabat bilan jarimalar miqdori ham oshadi.
Shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi:
- taqilmagan kamar – 206 000 so‘m;
- texnik ko‘rik, aptechka – 206 000 so‘m;
- hujjatsiz yurish – 412 000 so‘m;
- sug‘urtalanmaganlik – 412 000 so‘m;
- qizilda o’tish – 1 236 000 so‘m;
- noto‘g‘ri to‘xtash joyi – 824 000 so‘m;
- telefondan foydalanish – 1 236 000 so‘m;
- avtoraqamsiz yurish – 2 060 000 so‘m;
- tezlik (+20 km/soat) – 412 000 so‘m;
- tezlik (+20-40 km/soat) – 2 060 000 so‘m;
- tezlik (40+ km/soat) – 3 708 000 so‘m;
- qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish – 4 120 000 so‘m;
- mast holda transport vositasini boshqarish – 16 480 000 so‘m va uch yilgacha huquqdan mahrum qilish;
- ruxsatnomasiz qoraytirish – 10 300 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti pensiya va maoshlarni oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.