Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tarvuz va qovun iste’mol qilish oqibatida bir necha fuqaro vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Biroq idoraning ta’kidlashicha, poliz mahsulotlarini iste’mol qilgandan so‘ng oshqozon-ichak trakti buzilishi mumkin. Mutaxassislar poliz mahsulotlarini sotish uchun ruxsat etilgan joylardan sotib olishni tavsiya qildi.
Shu bilan birga, fuqarolar uning zarur laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tganligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Fuqarolardan poliz mahsulotlarini yo‘l chetidan yoki hovlilardan sotib olmaslik so‘raldi, chunki ko‘pincha bunday mahsulotlar hech qanday sifat tekshiruvlaridan o‘tmaydi.